Ronaldu jarima to‘laydi

  • 28.01.2021 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu karantin choralariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, futbolchi sevgilisi Jorjina Rodriges bilan birga uning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Valle-d’Aosta mintaqasidagi tog‘-chang‘i kurortiga borgan va buning uchun chegarani noqonuniy kesib o‘tgan. Biroq, ikkala ma’muriy bo‘linish ham to‘q sariq hudud hisoblanadi.

Bundan tashqari, manbaga ko‘ra, ular rasmiy ravishda yopiq bo‘lgan mehmonxonada yashashgan. Ronaldu va Jorjina ishtirok etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, ammo keyinchalik olib tashlandi.

Endi mahalliy hokimiyat koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni buzganligi uchun portugaliyalik futbolchini jarimaga tortadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!