Ronaldу jarohat oldi, endi nima bo‘ladi?
Saudiya Arabistoni chempionatida gʻoliblik uchun kurashayotgan “An-Nasr” 24-turda mehmonda “Al-Feyha”ni 3:1 hisobida magʻlub etdi va navbatdagi uch ochkosini qoʻlga kiritdi.
Mezbonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan, ammo uni oxirigacha oʻtkaza olmadi. 81-daqiqada 41 yoshli portugaliyalik yulduz oʻng oyogʻidagi muammo sabab almashtirildi.
Bu uchrashuv Ronaldu uchun omadsiz kechdi. Umumiy gollari sonini 1000 taga yetkaziga harakat qilayotgan toʻpurar oʻyin davomida penaltini amalga oshira olmadi. Uning zarbasi darvozaga aniq bormadi.
Shunga qaramay, “An-Nasr” gʻalabani saqlab qoldi. Endi riyodliklar kelasi oʻyinda 4 mart kuni mehmonda “Al-Vasl”ga maydonga chiqadi. Portugaliyalik futbolchining bu uchrashuvda ishtirok etishi hozircha nomaʼlum.
Fikrlar