Ronaldu jazodan qutilib qoldi
Krishtianu Ronaldu odobsiz ishorasi uchun jazodan qutulib qoldi.
"Al-Hilol"ga qarshi o‘yindan keyin (0:2) "An-Nasr" hujumchisi "Messi, Messi!", degan baqiriqlarga javoban odobsiz imo-ishora qildi.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasining intizom va axloq qo‘mitasi bu ishi uchun Ronalduni jazolamadi.
Bunday qarorga qo‘mita faqat o‘yinlar rasmiy translyatoridan olingan videolarni ko‘rib chiqqani, ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar olgan videolarni ko‘rmagani sabab bo‘ldi.
Avvalroq saudiyalik advokat Nouf bin Ahmad 38 yoshli portugaliyalikning xatti-harakati tufayli prokuraturaga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi, bu borada Krishtianu Saudiya Arabistonidan deportatsiya qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar