Ronaldu: "Jorjinaga turmush qurishni taklif qilishni rejalashtirmagan edim"
Krishtianu Ronaldu yaqinda Jorjina Rodrigesga turmushga chiqishni taklif qilgan edi. Yulduz futbolchi mashhur jurnalist Pirs Morgan bilan bo‘lgan suhbatda hammasi qanday bo‘lganini aytib berdi.
"Tungi soat birlar edi. Qizlarim uxlab qolishgandi. Do‘stlarimdan biri menga Jorjinaga sovg‘a qilishim uchun uzuk berdi. Men unga uzukni uzatayotganimda, ikki bolam kirib: "Dada, siz onamga uzuk sovg‘a qilmoqchisiz va sizga turmushga chiqishni so‘raysiz!" - deyishdi.
Men dedim: "Voh, bu ayni payti." Qachondir shunday qilishimni bilardim, lekin aynan o‘sha paytda qilishni rejalashtirmagandim. Ammo bolalar shunday deyishgani va do‘stlarim hammasini videoga olishgani uchun men buni xohlayotganimni tushundim va taklif qildim. Men tizzalab o‘tirmadim, chunki bunga tayyor emasdim, lekin bu ajoyib lahza edi. Ortiqcha gapirmasdan, sodda nutq so‘zladim. Men romantik emasman... Ehtimol, ozgina. Lekin men har hafta uyga gul olib keladigan yigit emasman. Shunchaki o‘zimcha romantikman. Jorjina bir umrlik ayol bo‘lganini bilardim. Men buni qildim va umid qilamanki, buni yaxshi bajardim", - dedi Ronaldu intervyuda.
Fikrlar