Ronaldu kimligini ko‘rsatib qo‘ydi!

  • 25 avgust, 2020, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Nunu Gomesh hamyurti Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dagi faoliyatiga baho berdi.

Tecno

- Ronaldu Italiyada ikki marta Skudettoni qo‘lga kiritib, muayyan yutuqlarga erishdi. Biroq, “Yuventus”dek jamoa uchun Italiya chempioni bo‘lishning o‘zi etarli emas.

Ko‘pchilik, Ronaldu “Real”dan ketganidan keyin so‘nib qolishini kutgandi. Lekin u gollari va takrorlanmas rekordlari bilan kimligini isbotlab qo‘ydi. U yoshiga qaramasdan hamon yuqori darajada o‘ynamoqda, - dedi Nunu Gomesh.

Ronaldu yakunlangan mavsumda A Seriyada 33 ta o‘yinda 31 ta gol urdi va oltita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!