
Ronaldu kiyinish xonasidan turib jurnalistga aloqaga chiqdi?!
Krishtianu Ronaldu britaniyalik jurnalist Pirs Morganga Urugvayga qarshi o‘yindagi 1-golda to‘pga tekkanini aytdi. Bu haqda AQSh terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksi Lalas aytib o‘tdi.
“Men Pirs Morganning yonida edim. O‘sha payt Krishtianu to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyinish xonasidan turib unga to‘p boshiga tegib o‘tgani haqida xabar yuborganini aytdi. Kim biladi deysiz”, - dedi Lalas FOX Soccer nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq FIFA Ronaldu Urugvayga qarshi o‘yinda kiritilgan birinchi golda to‘pga tegmaganini ma’lum qilgan edi. Bu ma’lumot to‘pga o‘rnatilgan maxsus sensor yordamida aniqlandi.
Fikrlar