Ronaldu va jamoadoshlari 4 oy maosh olmaydigan bo‘ldi

  • 29.03.2020 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi futbolchilar va murabbiylar bilan maoshni kamaytirish masalasida kelishib oldi.

Klub rasmiy saytining yozishicha, “keksa sinora” a’zolariga maosh 4 oy davomida, ya’ni mart, aprel, may hamda iyun oylari uchun to‘lanmaydi. Shu tariqa klub 90 mln evroni tejab qoladi. Biroq, mavsum boshlangach futbolchilarning maoshi 2 barobarga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya A Seriyasi koronavirus sabab noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!