
Ronaldu Messi bilan raqobat tugaganini e’lon qildi
“An-Nasr” sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi bilan uzoq yillik raqobat yakunlanganini bildirdi.
38 yoshli hujumchiga uning muxlislari argentinalik yulduzni yomon ko‘rishini aytishdi. Ronaldu bunga munosabat bildirdi.
- Tarafdorlarim Messini yomon ko‘rishiga asos yo‘q, chunki o‘rtadagi raqobat yakunlangan. Bu raqobat muxlislarga yoqardi. Kimga Ronaldu yoqsa, u Messini yomon ko‘rishi shart emas. Chunki bu ikki futbolchi ham zo‘r, ular futbol tarixini o‘zgartira olgan. Eng muhimi, bizni butun dunyoda hurmat qilishadi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Ronalduning aytishicha, ular 15 yil davomida sahnani bo‘lishib kelishgan, garchi yaqin do‘st bo‘lmasa-da, ular bir birini hamkasb sifatida hurmat qiladi.
Fikrlar