Ronaldu "Messi!" deb hayqirgan muxlislarga imo-ishora ko‘rsatdi

  • 02.11.2024 14:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al-Hilol" bilan kechgan bahsda, “Messi! Messi!” deb baqirgan muxlislarga imo-ishora bilan o‘z reaktsiyasini bildirdi.

Tribunadagi tomoshabinlar hayqirig‘iga 39 yoshli futbolchi bosh barmog‘ini tepaga ko‘rsatdi. Uchrashuv bo‘lsa, 1:1 hisobida yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu o‘tgan yilning yanvar oyidan beri "An-Nasr" safida to‘p tepmoqda. Bu vaqt davomida portugaliyalik forvard 76 ta uchrashuvda 67 ta gol va 18 ta assist qayt etishga erishdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!