
Ronaldu Messi yaqinlasha olmaydigan reytingda yakka peshqadam
BBC Sport XIX asrdagi eng yaxshi evropalik to‘purarlarni aniqlash maqsadida maxsus so‘rov o‘tkazdi. Unga ko‘ra, ketma-ket uch mavsumda 20 tadan ko‘p gol urgan hujumchilar ro‘yxati shakllantirildi. Jami 32 hujumchi nomi o‘rin olgan ro‘yxatdan muxlislar o‘zlari eng zo‘r deb bilgan futbolchiga ovoz berishdi. Eng kam ovozga ega bo‘lgan to‘purarlar ro‘yxatdan tushib qoldi.
Ko‘p bosqichli tanlovning finalida ikki nomzod – Krishtianu Ronaldu va Terri Anri o‘zaro to‘qnash keldi. Unda 54 foiz ovoz to‘plagan Ronalduning qo‘li baland keldi. Krishtianu finalgacha Ruud Van Nistelroy, Franchesko Totti, Ueyn Runini ortda qoldirdi.
Krishtianu Ronaldu 2002 yilda professional faoliyatini boshlaganidan buyon 838 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 626 ta gol urishga erishgan.
Xushxabar! O‘zbekistonlik futbolchi Premer-ligada o‘ynaydi
UEFA mintaqasida porlagan o‘zbek legionerlari
Fikrlar