Ronaldu muhim murojaatni e’lon qildi

  • 5 sentabr, 2020, 21:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar kubogining ilk g‘olibi sifatida bu galgi musobaqadagi ishtiroki oldidan muxlislarga murojaatini e’lon qildi.

Tecno

“Barchamiz uchun tariximiz qo‘lgan kiritilgan yuqori natijalar va ajoyib lahzalardan iborat. Biz Millatlar ligasining bosh sovrinini himoya qilishga kirishamiz. Biz uchun, siz uchun, hamma uchun.  Olg‘a Portugaliya!”, - deb yozadi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Krishtianu Ronalduning o‘zi bugun Xorvatiya bilan bo‘ladigan o‘yinda qatnashishi ma’lum emas. Chunki uning o‘ng oyoq barmog‘larida infektsiya aniqlangan va davolanishda davom etmoqda. Ronaldu 2019-2020 yilgi mavsumda jami turnirlarda 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 50 marotaba ishg‘ol qilgan.

Portugaliya terma jamoasi safida esa 164 ta o‘yinda 99 ta gol urgan. Futbol muxlislari Ronaldu yana 10 ta gol urib, futbol tarixida terma jamoalar miqyosida eng ko‘p gol urgan eronlik hujumchi Ali Dayi rekordini takrorlashini va keyinchalik bu natijani yangilashini kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!