Ronaldу o‘zidan zo‘r futbolchi kimligini aytdi
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi ikki marotaba o‘ynagan Angliya Premier-ligasi tarixidagi eng yaxshi vinger haqida savolga javob berdi.
- Agar statistika, barqarorlik va ta'sirni hisobga olsak, APL tarixidagi eng zo‘r hujumkor futbolchi bu Muhammad Saloh bo‘lishi kerak.
Uning “Liverpul” uchun shu yillar davomida qilgan ishlari ajoyib. Muhammad haqiqiy g‘olib, eng muhim o‘yinlar taqdirini hal qiladi.
Ko‘pchilik Tyerri Anrini Saloh bilan solishtiradi, lekin Anri hech qachon jamoasi uchun Chempionlar ligasini yutib bermagan.
Yevropada eng muhim paytlarda Muhammad Saloh asosiy sovrinni qo‘lga kiritadi. Aynan shu jihat haqiqiy qirollarni boshqalardan ajratib turadi, - deydi Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhammad Saloh mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etishini ma'lum qilgan edi. Amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha tuzilganiga qaramay, tomonlar futbolchining 2026 yil yozida ketishi bo‘yicha kelishib olgan.
Fikrlar