Ronaldu qattiq afsusda!

  • 13 avgust, 2022, 20:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlaridan Ruud Gullit portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi unga nadomat keltirganini aytdi.

Tecno

- Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytganidan qattiq afsusda, deb o‘ylayman. Krishtianuning o‘zi  ochiq aytmayotgan bo‘lsa-da, u Manchesterga o‘tmishdagi yorqin xotiralar sababli kelgandi. Ronaldu hammasi yaxshi bo‘lishini kutgandi.

Krishtianu barcha tanqidchilarning ovozini o‘chirib qo‘yishni istaydi. U mana shu ishni uddalamoqchi, - dedi Ruud Gullit.

Ronaldu o‘tgan yili yozda “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tganida ikki yillik shartnoma tuzgan edi. Manchesterliklar Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun portugaliyalik to‘purar jamoadan ketish istagini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!