
Ronaldu raqobatga tayyormi?
“Yuventus” tarkibini Alvaro Morata bilan kuchaytirdi. Bosh murabbiy Andrea Pirlo uni asosiy hujumchi sifatida o‘ynatadi. Chunki, italiyalik mutaxassis asosiy to‘purar Krishtianu Ronalduning yoshini inobatga olib, uni faqat muhim uchrashuvlarda maydonga tushirishni va ko‘proq dam berishni rejalashtirgan.
Alvaro Morata turinliklar safiga qo‘shilishi bilan Pirlo va Ronalduni maqtadi.
- Pirloning bosh murabbiyi bo‘lgani meni ijobiy ma’noda hayratga soldi. U murabbiylik uchun yaratilgan. Andrea “Yuventus”ga kerak mutaxassis. Atigi ikkita mashg‘ulotda qatnashgan bo‘lsamda, uning ishi meni qoyil qoldirdi.
Ronaldu yaxshi inson, qanday futbolchi ekanini esa hamma biladi. Doim yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Krishtianu “yuventus”ga kelganimdan xursand, - dedi ispaniyalik hujumchi.
Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida “Real”da bir necha yil davomida Alvaro Morata bilan birga to‘p surgan.
Fikrlar