Ronaldu: “Real” bu mavsum yomon o‘ynayotgan bo‘lsa ham “Barselona”dan oldinda”

  • 27 dekabr, 2024, 21:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi hozirda “An-Nasr” klubida to‘p tepayotgan Krishtianu Ronaldu “qirollik klubi” va Saudiya Pro-ligasi haqida gapirdi. 
 
“Menga ko‘plab odamlar joriy mavsum “qaymoqranglilar” juda yomon o‘yin o‘tkazayotganini aytishdi. Biroq, biz turnir jadvaliga qarasak “Real” “Barsa”dan yuqorida ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 
 
Saudiya Pro-ligasi haqida gapiradigan bo‘lsam, bu chempionat Liga 1 dan kuchli. Qolgan klublarga xurmat saqlagan holda aytaman, Frantsiyada faqatgina PSJ klubi bor xolos. Agarda gapimga qo‘shilmasangiz 38, 39 va 40 gradusda futbol o‘ynab ko‘rishingizni tavsiya beraman” – deya ta’rif berib o‘tdi portugliyalik hujumchi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli forvard madridliklar safida 438 ta uchrashuvda ishtirok etib, 450 ta gol va 131 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!