Ronaldu "Real"da qilgan ishini "Yuventus"da ham qila oldi

  • 02.11.2020 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum A Seriyaning 3 ta bahsida maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi.

Gracenote Live tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli portugaliyalik futbolchi mavsumdagi dastlabki 3 ta o‘yinida 5 ta gol urish bilan shaxsiy rekordini takrorlagan. Ronaldu bungacha 2014/15 va 2015/16 yilgi mavsumlarda “Real” safida ham xuddi shunday natija qayd etgan edi.

Koronavirusdan sog‘ayib qaytgan Krishtianu Ronaldu “Spetsiya”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!