
Ronaldu superklubdan o‘zini olishni so‘ramoqda
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda. Portugaliyalik to‘purarning o‘zi ham Turindan ketishga tayyor.
Ronaldu o‘zining taniqli agenti Jorje Mendesh orqali o‘z xizmatlarini “Manchester Siti”ga taklif qildi.
“Yuventus” rahbariyati ham yiliga 31 million evro maosh olayotgan yulduzdan tezroq qutilishga qarshi emas. Shu bois, turinliklar Ronalduni 30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan.
Jorje Mendesh o‘z mijozini “Manchester Yunayted”, “Real” va PSJga joylash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan, lekin bu klublarning birortasi portugaliyalik hujumchining xizmatlaridan foydalanishni istamagan.
Fikrlar