
Ronaldu terma jamoa safida qaysi jamoalarga eng ko‘p gol urgan?
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lyuksemburgga qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi. Ushbu bahsda uning jamoasi yirik 6:0 hisobida zafar quchdi.
Statistikaga e’tibor beradigan bo‘lsak, Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p golini aynan Lyuksemburg darvozasiga urgan - o‘n bitta. Keyingi o‘rinda Litva va Shvetsiya terma jamoasi o‘rin egallagan. Krishtianu bu termalarga 7 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Andorra va Vengriya jamoalari esa portugaliyalik yulduzdan 6 marotaba jabr ko‘rishgan.
Fikrlar