Ronaldu uchun yagona da’vogar bor

  • 10.08.2022 13:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, 37 yoshli portugaliyalik hujumchiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirgan. Forvardga muhtoj bo‘lib turgan “aristokratlar” yozda portugaliyalikning transferini amalga oshirishga harakat qilib ko‘rmoqchi. Ayni payt londonliklar futbolchi uchun yagona da’vogar hisoblanadi.

O‘z navbatida, "qizil iblislar" serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich bilan shartnoma imzolamoqchi va maosh borasida muammolar bo‘lmasligi uchun Ronalduni sotishga tayyor.

Krishtianu “Manchester Yunayted”da 2021 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi yana bir mavsumga mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!