Ronaldu uchun yana bir zarba

  • 11 dekabr, 2022, 21:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Portugaliya terma jamoasi hujumchisiga qiziqib qoldi. JCh-2022dagi yagona het-trik muallifi Gonsalu Ramush APL klubi e’tiborini tortdi. 

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, "qizil iblislar" "Benfika"ning 21 yoshli futbolchisining o‘yinlarini kuzatish uchun bir necha bor o‘z skautlarini yuborgan. 

Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma bekor qilinganidan keyin MYu qishki transfer vaqtida hujumchi olib kelishni xohlamoqda.

Ramush joriy mavsum Portugaliya chempionatida 11 ta o‘yinda 9 gol urishga erishgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!