Ronaldu va Messi bir jamoada to‘p surishi haqiqatga yaqin!

  • 29 iyun, 2021, 21:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Ronalduning "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr almashadi.

Tecno

Krishda variant ko‘p emas

wiejgjwijgweg

Tan olish lozim, taklif haqiqatdan bo‘lgan. "Manchester Yunayted" Krishga katta maosh to‘lamoqchi emas. De Xea va Pogbaning o‘zi ular uchun etib ortadi. Boz ustiga, 36 yoshli futbolchi uchun amerikalik ishbilarmonlar ulkan summa taklif etmasligi kundek ravshan.

"Yuventus"da qolish varianti haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Allegri allaqachon Ronaldu atrofida jamoa qurmasligini ma’lum qilib bo‘ldi. Mutaxassis o‘z xatosini ikki bor takrorlamaydi.
PSJ ham portugaliyalik bilan kontrakt imzolashga shoshilmayapti. Neymar bilan o‘rtadagi shartnoma uzaytirildi. Endi, Mbappeni transferga qo‘yilishi hech kim xavotirga solmayapti. Sababi, Kilian uchun hozir ideal jamoaning o‘zi yo‘q. U PSJdan kuchli jamoaga o‘ta olmasligini anglab turibdi.
Shunday ekan, Ronaldu uchun "Barselona" yuborgan taklif shunchaki mish-mish emas. Roni ketishga qaror qilgan, lekin qaerga ekanligini hozircha noma’lum. Balki, bu Kataloniya jamoasi bo‘lar? Bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Qariganda dushman tomonga !

wejfiwejifwjefw

Aslida, Ronalduning "Barselona"ga o‘tishi boshqa davlatdagi "realchilar"ning g‘azabini qo‘zg‘atishi mumkin, biroq Ispaniyada bu to‘g‘ri qabul qilinishi aniq. Gap shundaki, Krish hech qachon "Barselona" yoki Kataloniya sha’niga xunuk so‘zlar aytmagan. O‘rtada hech qanday adovat yo‘q. Boz ustiga, u "Real"dan to‘g‘ri "Barsa"ga kelmaydi. O‘rtadagi pauza sababli muxlislar uni sog‘ingan.

Katta ehtimol bilan, bu transferdan birorta kataloniyalik xafa bo‘lmaydi. Ular aksincha, ishbilarmon Laportani maqtashadi. To‘g‘riyamda, ikki mega yulduzning bir jamoada to‘p surishi va bu klub "Barselona" bo‘lishi ulkan voqea. Bunday tryukni hamma ham amalga oshirishga qodir emas!

O‘z vaqtida, braziliyalik Ronaldo ham Ispaniya grandlari sharafini munosib himoya qilgan. Shu bois, hech qachon hushtaklar bilan qarshi olinmagan. Agar, Ronaldu kutilganidek sermahsullik ko‘rsatsa, "Barsa" yangi qahramoni qabul qilishdan faqat va faqat mamnun bo‘ladi.

"Real" muxlislari esa, Krishga shartnoma taklif qilmagan Peresdan xafa bo‘lishi aniq, lekin uni keskin kutib olmaydi. Ispaniya Angliya emas. Boz ustiga, ichki birinchilik reytingi o‘sishi sababli, bu qaror hammani birdek xursand qiladi. 36 yoshli Ronalduni "Barsa"ga o‘tishini hech kim jinoyat, deb hisoblamaydi.

Ronaldu "Barsa"ga kerak!

uwehfuhwef

Turli reklama roliklari va shartnomalariga ega Krish "Yuventus"da "Adidas" etkazib bergan liboslarda to‘p suradi. Bu uning "Nike" bilan tuzgan bitimidagi ayrim bandlarni kuchga kirmasligiga sabab bo‘lmoqda. Futbolchining amerikaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. Shu bois, "Nike" epikirovkasidagi "Barselona" bilan shartnoma Ronalduga yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Laporta Ronalduning transferi ortida qanday daromad olish mumkinligini direktorlar kengashiga ma’lum qilgan. Klubning qarzlari va banklardan olgan kreditlarini inobatga olsak, hozir katta moliyaviy foyda olib keladigan erkin agent ajoyib echimga aylanishi aniq. Xoland yoki Mbappening transferi Ronalduniki singari shov-shuvga sabab bo‘lmaydi. Bunaqangi duetni fubol olami hali uchratmagan.

Laporta nima qilib bo‘lsada klubga yordam bermoqchi. Hozir printsiplarni o‘ylaydigan payt emas. Boz ustiga, Jorje Mendesh mijozi borasida istalgan jamoa bilan muzokaralar olib borishga tayyor. U Ronaldu "Yuventus"da qolib ketishidan xavotirda.

Krish + Leo = Qudrat!

ltsuo‘altsua

Ko‘pchilik ikki megayulduzni bir jamoada janjallashib qolishidan qo‘rqishi mumkin, ammo bunga ishonish mushkul. Hozir ular futboldagi so‘nggi yillardan zavq olayotgan katta "odamlar". Hokimiyatni bemalol ikkiga bo‘lish mumkin. Boz ustiga, ularning tandemi "Barsa" o‘yinini kuchsizlantirmaydi. Krish kamida Suaresning o‘rnini to‘ldirishga qodir. Birgina Luis gollari bilan "Atletiko"ni chempion qilganini ko‘rdik. Taktikaga berilgan Italiya chempionatidan ko‘ra, ochiq ispancha futbol Ronalduga ko‘proq mos tushadi.

Florentina Peres Xoland va Mbappening transferini orzu qilayotgan bir paytda, Laporta bugun natija beradigan "yurish"ni amalga oshirishi mumkin. Butun dunyo ularni bir jamoada to‘p surishini tomosha qilish uchun o‘z pullarini ayamaydi. Homiylar yog‘ilib keladi. Pullar klubni qarz botqog‘idan bemalol olib chiqib ketishi aniq.

Portugaliyalikni "Yuve" bilan shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga etadi. Shu bois, "Barselona" Ronaldu uchun Koutino, Dembele yoki Grizmanlardan birini taklif qilishi mumkin. Turin klubi be’etiborlik qilsa, 100 millionlik futbolchini tekinga qo‘yib yuborishini sezib turibdi. Katta ehtimol bilan, rokirovka amalga oshadi.

Allegri Ronaldu bilan o‘z orzusidagi jamoani qura olmaydi. Yakunda, yana EChL pley-offidagi omadsiz o‘yin. Qarabsizki, Krish mavsum so‘nggida AQShga pul ishlash uchun ravona bo‘ladi. Voqealar rivojining bunday ko‘rinish olishi Krishga manzur kelmaydi. U "Barselona" bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolash orqali taxtni topshirmoqchi emas.

Bu muxlislar uchun fantastik filmdek ko‘rinishi mumkin, ammo nima to‘sqinlik qiladi? Ronaldu super formada, futboldan zerikkani yo‘q, Messining paslari bilan gollarni qalashtirib tashlashi aniq. So‘nggi mavsumlarida ham omma e’tiborida bo‘lish uchun bundan yaxshi imkoniyat bo‘lmaydi.

Bu duet EChL g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bo‘lmaydi, biroq sahnadagi so‘nggi chiqishini qarsaklar bilan yakunalashga qodir. Klub ulardan media olamdagi pullardan naf oladi. Katta sovrinlarni hech kim talab qilmaydi. Aslida, bu yigitlarni bir jamoada to‘p surishi muxlislar uchun eng katta sovrin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!