
Ronaldu va Ramos yana bir jamoada o‘ynashi mumkin
"An-Nasr" Krishtianu Ronalduni sotib olish bilan kifoyalanmayapti. Saudiya klubi o‘z safiga yuqori darajadagi futbolchilarni taklif etishda davom etmoqchi.
Ijtimoiy tarmoq jurnalisti va insayder Adrian Grenierning so‘zlariga ko‘ra, "An-Nasr"ning qiziqishlari orasida PSJ himoyachisi Serxio Ramos ham bor.
Ramosning PSJdagi kelajagi noaniq bo‘lib turibdi. Ispaniyalik himoyachining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.
Riyodliklar vaziyatdan foydalanib, Ramosga taklif bilan chiqmoqchi.
Shunday qilib, Ramos va Ronaldu yaqin kelajakda Saudiya Arabistonida birga harakat qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 23 fevralda 36 yoshli mudofa vakili o‘z xohishiga ko‘ra Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Fikrlar