Ronaldu “Yunayted”dan 7 ta transferni talab qilmoqda
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianuning klub oldiga qo‘yayotgan talablari oshib bormoqda.
Klub rahbariyati portugaliyalik futbolchini kelasi mavsum ham jamoada qolishini istayapti. Ronaldu esa, mutasaddilarining transfer bozoridagi sustkashliginidan norozi bo‘lmoqda.
“Manchester Yunayted” hali birorta jiddiy transferni amalga oshira olgani yo‘q. Ronaldu hozirgi tarkib yuqori marralarni uchun kurasha olmasligini biladi. 37 yoshli futbolchi bu ketishda kelasi mavsum ham biror ko‘zga tashlanadigan natijasiz o‘tib ketishidan va o‘yinchining o‘zi qimmatli vaqtini yo‘qotishidan xavotirda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu klubdagn tez orada 6-7 ta yangi ijrochilarni transfer qilishni talab etmoqda. Aks holda, portugaliyalik yulduz o‘zini qo‘yib yuborish shartini qo‘ygan.

Fikrlar