Ronaldu zaxirada o‘tirishi kerak!

  • 27.04.2021 11:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Anjelo di Livio portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning so‘nggi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsiz o‘yini haqida fikr bildirdi.

“Nazarimda, uni zaxiraga olib, o‘yin davomida maydonga tushirish kerak. Ana shundagina u so‘nggi paytlarda etishmayotgan o‘tkirligi va qat’iyatliligini qaytarishi mumkin. Ko‘plab buyuk futbolchilar zaxira o‘rindig‘iga o‘tirishgan. O‘ylaymanki, bu Krishtianu uchun yaxshi bo‘ladi”, - dedi Di Livio.

36 yoshli Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida A Seriyada 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 25 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.

Turin super klubi Ronalduni 2018 yilning yozida 117 mln evro evaziga “Real”dan sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ya karol
27/04/2021 15:35
Ronaldo nima bo'lgan taqdirda o'ynashi kerak xar qanday futbolchida xam pasdga tushish davri bo'ladiku