Ronalduga shart qo‘yishdi!

  • 11.06.2021 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dagi faoliyati hamon mavhumligicha qolmoqda. Turin klubini Massimiliano Allegri qabul qilib olganidan keyin portugaliyalik futbolchining ketishi haqidagi gaplar ko‘payib ketdi.

Garchi Ronaldu bosh murabbiy bilan uchrashgani aytilayotgan bo‘lsa-da, tomonlar bir to‘xtamga kelmagan bo‘lishi mumkin. Chunki, “Yuventus” mutasaddilari faol tarzda ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirmoqda.

Krishtianu Ronalduning turinliklar bilan yana bir yillik bitimi bor. U kelajagiga oid qarorni Evropa chempionatidan keyin qabul qilmoqchi.

Shunga qaramay, u bilan muzokara o‘tkazishi mumkin bo‘lgan klublarning yagona talabi portugaliyalik yulduzning maoshini kamaytirishga rozi bo‘lishidan iborat. Hozirgi paytda turinliklar to‘purarga yiliga 30 million evro to‘lamoqda.  

Boshqa biror klub 36 yoshli futbolchiga bu darajada katta maosh to‘lamoqchi emas. Demak, Ronalduga boshqa jamoa kerak bo‘lsa, u maoshining katta qismidan voz kechishga majbur bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!