Ronalduga tanqid toshi otildi

  • 21.02.2021 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Italiya terma jamoasida porlagan sobiq hujumchi Antonio Kassano “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronalduni keskin tanqid qildi.

- Men doim Ronaldu fenomen ekanini aytganman. Balki u milliardlab gol urgandir, lekin hozir muammolar girdobida qolgan. U Andrea Pirlo “Yuve”da qurayotgan o‘yin mohiyatini umuman tushunmayapti, yangi uslubga moslashmoqchi emas.

Ronaldu har doim xudbin bo‘lgan va shundayligicha qoladi. Unga boshqalarning qizig‘i yo‘q, doim o‘zi gol urishni istaydi. U futbol ichida yashamaydi, faqat o‘zini o‘ylaydi. Lekin uning bu holati bugungi “Yuventus”ga to‘g‘ri kelmaydi. Klub o‘zgaryapti, Ronaldu esa qotib qolgan. Keling, tan olaylik, hamma narsaning o‘z vaqti bor. Ronalduning davri oxirlab bormoqda, - dedi Kassano.

Krishtianu Ronaldu  joriy mavsumda 27 ta uchrashuvda 23 ta gol urdi va uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ZAFAR 99705
21/02/2021 17:47
Qo‘toqni yepsan ronaldu urmasa yuventusni o‘yinchilari urolmaydi bitta ronaldu tortib yuripdi yuveni qolgani bir tiyin ronaldu urmasa yuve xar doym achko yo‘qotadi o‘zingcha chiqvolib aqillilik qilma o‘zing xechnarsani yalchitmagansan ronaldu butun dunyoda messi ikkalasi tengsiz yuveni o‘yinchilari bir tiyin tarkib vapshe betayin realni o‘ynini qara ronaldu bo‘lsa realni shu tarkibga chempuonlar ligasini yana yutadi bu safar uch martta emas 5 mmartta yutadi