
Ronalduning 2 ta goli ham "Yuventus"ni qutqarib qololmadi (video)
Kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan yana bir bellashuv Turinda kechdi.
Shu kuni “Yuventus” o‘z maydonida “Lion”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Afsuski, bu “keksa sinora”ni chorak finalga olib chiqmadi. Boisi, Frantsiyada kechgan uchrashuvda “Lion” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Mehmonda kiritilgan gol faktori frantsuz klubi foydasiga ishladi va aynan ular keyingi bosqichga chiqishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar