
Ronalduning do‘stini Angliyaga chaqirishmoqda
"Real" himoyachisi Pepe yozda jamoani tark etishi mumkin. Chunki "Real" 33 yoshli portugaliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q.
Evropa chempioni bo‘lgan himoyachiga Angliya va Xitoy klublaridan jiddiy takliflar bo‘lyapti. Ayniqsa, xitoyliklar bu futbolchining maoshini boshqa klublarnikidan ikki barobar ko‘p qilib bermoqchi.
Pepening o‘zi esa "Real"da qolib, hamyurti va do‘sti Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p surishni istayapti.
Fikrlar