
Ronalduning OChLdagi debyut o‘yini qanday o‘tdi?
Osiyo chempionlar ligasining 1-turida "An-Nasr" "Persopolis" maydoniga safar uyushtirib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur to‘qnashuv Krishtianu Ronaldu uchun turnirdagi debyut bahs edi.
"Sofa Score" portali "Persopolis" - "An-Nasr" uchrashuvida futbolchilarga qo‘yilgan ballarni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi 6,4 bal to‘plagan holda maydondagi eng yomon o‘yinchilar orasiga qo‘shildi.
Ronaldu "qizil armiya"ga qarshi o‘yinda 27 bor to‘pga tegingan. 17 marta sheriklariga pas berib, 11 marta to‘pni yo‘qotgan. Shuningdek, darvozaga bir marotaba zarba bergan.
Fikrlar