Ronalduning o‘g‘liga Evropaning 15 ta klubi xaridor
Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan charm to‘p ustasi – Krishtianu Ronalduning 14 yoshli o‘g‘li Xorvatiyada o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnirda Portugaliya o‘smirlar terma jamoasida ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
Garchi yaponiyaliklarga qarshi bahsda kichik Ronaldu samarali harakatlarni amalga oshira olmagan bo‘lsa-da, uning xarakatlarini Evropaning qator klublari skautlari kuzatib bordi.
Sportske Novosti nashrining yozishicha, Portugaliya o‘smirlar terma jamoasi o‘yinini “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Inter”, “Yuventus”, “Atalanta” va Bundesliganing o‘nta klubi mutaxasislari tahlil qilib borgan.
Ayni paytda Ronalduning o‘g‘li “An-Nasr”ning bolalar jamoasida to‘p tepmoqda. Ilgari otasi o‘ynagan “Real” va “Yuventus” akademiyalarida shug‘ullangan.
Fikrlar