Rossiya chempionatida 50 foizgacha muxlislar tashrifiga ruxsat beriladi

Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining rasmiy sahifasida koronavirus pandemiyasi ortidan qabul qilingan cheklovlarni engillashtirish haqida ma’lumot berdi.

"Sport musobaqalarida tribunalar sig‘imiga qarab muxlislar ishtirokini 10 foizdan 50 foizgacha ko‘taramiz", - deyilgan rasmiy bayonotda.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror faqatgina birinchi avgustdan kuchga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!