Rossiya jamoalari bu mavsum evrokuboklar guruh bosqichida faqatgina 1 ta g‘alaba qayd etdi

  • 11 dekabr, 2020, 13:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi klublari joriy mavsum evrokuboklarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Tecno

Rossiyaning 4 ta klubi Chempionlar ligasi va Evropa ligasi guruh bosqichlarida ishtirok etdi. Ammo ularning faqatgina bittasi pley-offga yo‘l oldi xolos.

“Zenit”, “Krasnodar” va “Lokomotiv” EChLda qatnashdi. Piter va Moskva klublari o‘z guruhlarida so‘nggi o‘rinda qolib ketdi va evrokuboklarni tark etdi. Guruhda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Krasnodar” kurashni Evropa ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. Evropa ligasida ishtirok etgan TsSKA guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.

RPL klublari bu mavsum evrokuboklar guruh bosqichida jami 24 ta o‘yin o‘tkazdi va 9 ta durang, 14 ta mag‘lubiyat qayd etishdi. Faqatgina 1 ta o‘yinda g‘alaba qo‘lga kiritildi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!