
Rossiya O‘zbekiston bilan o‘yinga yakuniy tarkibini e’lon qildi
Rossiya milliy terma jamoasi noyabr oyida Tojikiston va O‘zbekiston milliy terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Bosh murabbiy Valeriy Karpin bo‘lajak bellashuvlarga jalb qilinadigan yakuniy tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Anton Shunin («Dinamo», Moskva), Aleksandr Selixov («Spartak», Moskva), Matvey Safonov («Krasnodar»), Sergey Pesyakov («Rostov», Rostov).
Himoyachilar: Vyacheslav Karavaev («Zenit», Sankt-Peterburg), Daniil Xlusevich, Georgiy Djikiya, Ruslan Litvinov («Spartak», Moskva), Maksim Osipenko, Aleksandr Silyanov («Rostov», Rostov), Artyom Makarchuk («Sochi»), Ilya Agapov («Pari NN», Nijniy Novgorod), Aleksandr Soldatenkov («Krilya Sovetov», Samara).
Yarim himoyachilar: Dmitriy Barinov, Artyom Karpukas, Anton Miranchuk («Lokomotiv», Moskva), Danil Glebov, Daniil Utkin («Rostov», Rostov), Daler Kuzyaev, Andrey Mostovoy («Zenit», Sankt-Peterburg), Nikita Krivtsov («Krasnodar), Sergey Pinyaev («Krilya Sovetov», Samara), Daniil Fomin, Arsen Zaxaryan («Dinamo», Moskva), Anton Zinkovskiy («Spartak», Moskva), Lechi Sadulaev («Axmat», Grozniy).
Hujumchilar: Fyodor Chalov (TsSKA, Moskva), Nikolay Komlichenko («Rostov», Rostov), Aleksandr Sobolev («Spartak», Moskva), Vladimir Sichevoy («Orenburg»).
Rossiya terma jamoasi 17 noyabr kuni Dushanbeda Tojikiston, 20 noyabrda Toshkentda O‘zbekiston mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar