Rossiya Premer-ligasida chempionlik masalasi muddatidan avval hal bo‘ldi

  • 8 may, 2023, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" ketma-ket beshinchi marta Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Sankt-Peterburg klubi Rossiya Premer-ligasining 26-turida o‘z maydonida "Spartak"ni mag‘lub etdi (3:2) va chempionlikni muddatidan oldin rasmiylashtirdi.

«Zenit» 64 ochko jamg‘arib, chempionat tugashiga 4 tur qolganida ta’qibchilariga etib olish imkoniyatini qoldirmadi. Piterliklardan keyingi o‘rinlarda TsSKA (51), “Rostov” (50) va “Spartak” (49) bormoqda.

Ta’kidlash kerakki, Sankt-Peterburg klubi ketma-ket beshinchi chempionlikni qo‘lga kiritdi. (2018/19, 2019/20, 2020/21, 2021/22, 2022/23) E’tiborlisi, ushbu chempionliklarning barchasi murabbiy Sergey Semak qo‘l ostida qo‘lga kiritilgan.

Bu borada faqat "Spartak" klubi uzoqroq g‘alabalar seriyasiga ega. Moskvaliklar 1996 yildan 2001 yilgacha ketma-ket 6 marta chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!