
Rossiya terma jamoasining 2 nafar asosiy tarkib futbolchisi Kiprga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Rossiya terma jamoasining Evro-2020 saralashi guruh bosqichidan o‘rin olgan Kiprga qarshi bahsida 2 nafar asosiy tarkib futbolchisi ishtirok etolmasligi mumkin.
Rus nashrlarining xabariga ko‘ra himoyachi Mario Fernandes va yarim himoyachi Dmitriy Barinovlar terma jamoaning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishgan. Ayni damda har ikkala futbolchi fizioterapevt nazoratida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Kipr terma jamoalari bahsi 13 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. E’tiborlisi, Stanislav Cherchesov shogirdlari ushbu o‘yinda mag‘lub bo‘lishmasa, muddatidan avval Evro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
Fikrlar