
Rossiya terma jamoasining Belgiya va Qozog‘istonga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Belgiya va Qozog‘iston terma jamoalariga qarshi o‘yin uchun tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Gilerme ("Lokomotiv"), Andrey Lunev ("Zenit"), Anton Shunin ("Dinamo");
Himoyachilar: Maksim Belyaev ("Arsenal Tula"), Georgiy Jikiya, Ilya Kutepov (ikkalasi - "Spartak"), Vyacheslav Karavaev ("Vitess"), Fyodor Kudryashov ("Istanbul"), Andrey Semyonov ("Axmat"), Kirill Nababkin, Mario Fernandes, Georgiy Щennikov (barchasi - TsSKA);
Yarim himoyachilar: Ilzat Axmetov (TsSKA), Yuriy Gazinskiy ("Krasnodar"), Aleksandr Golovin ("Monako"), Roman Zobnin ("Spartak"), Vladislav Ignatev, Aleksey Miranchuk, Anton Miranchuk (barchasi - "Lokomotiv"), Aleksey Ionov ("Rostov"), Daler Kuzyaev, Magomed Ozdoev (ikkalasi - "Zenit"), Denis Cheryshev ("Valensiya");
Hujumchilar: Artyom Dzyuba ("Zenit"), Fyodor Smolov ("Lokomotiv"), Fyodor Chalov (TsSKA).
Eslatib o‘tamiz, Rossiya dastlab 21 mart kuni Bryusselda Belgiya mehmoni bo‘ladi, keyin 24 mart kuni Astanada Qozog‘istonga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar