
Rossiyalik darvozabon ertaga PSJ safida debyut qilishi mumkin
Janluiji Donnarumma PSJ safida mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi. Bunga sabab esa, u otalik baxtiga erishdi. Aynan shu sababli italiyalik posbon jamoasining navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi katta extimol. Bu degani zaxira posboni Matvey Safonov shanba kuni parijliklar safida debyut qilishi mumkin.
Ayni damda rossiyalik darvozabon PSJ safida hali rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmagan. Avgust oyida u Avstriyaning "Shturm" klubiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi holos.
Fikrlar