
Rossiyalik ekspert O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasiga mag‘lub bo‘lishini ta’kidladi va sabablarni ham keltirdi
Rossiyalik futbol eksperti, jurnalist Evgeniy Mixaylov O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bilasiz, bellashuv 10 sentyabr kuni Bishkekda JCh saralashi Osiyo mintaqasi 2-turi doirasida o‘tkaziladi.
Mixaylovning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lubiyatga uchraydi. U vakillarimizni yorqin o‘ynamayotgani va maydon markazida muammolarga duch kelayotganini ta’kidladi.
"Shimoliy Koreya bilan o‘yinda hammasi oydinlashdi. O‘zbekistonlik futbolchilar maydon markazida muammolarga duch kelyapti. Jamoa yarim himoyada to‘pni ko‘p ushlab tura olmayapti va hujum boshlashda muammolar bor. Ular faqat qanotlar orqali to‘p tepishadi. O‘zbekistonlik futbolchilar uchun har bir qarshi hujum o‘ta xavfli va futbolchilarning jismoniy holati yomon.
Qirg‘iz Respublikasi termasi juda harakatchan. Futbolchilar tezkor va qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishadi. Agar O‘zbekiston jismoniy holatini yaxshilay olmasa, Qirg‘iziston g‘alaba qozonishi mumkin.
Biroq ko‘plab o‘zbek futbolchilari termaga kech qo‘shilishgan. Shuning uchun, jamoaviylik va jismoniy tayyorgarlik biroz yomon. Agar ikkinchi bellashuvda ham o‘zbeklar ishonchsiz o‘yin ko‘rsatsa, muammolar haqida o‘ylab ko‘rishsa arziydi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar
Узбекистон т.ж. имкон кадар куп гол киритиб галаба билан кайтишига тилакдошман Олга УЗБЕКИСТОН ОМАД ЁР БУЛСИН.