
Rossiyalik mutaxassis Shomurodov qachon gol urishini aytdi
Taniqli rossiyalik jurnalist Konstantin Alekseev Rossiya premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan “Rostov” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholadi.
- “Tarkib borasida “Lokomotiv”ning nomdor futbolchilari ko‘p. Moskvaliklar birgina gvineyalik Fransua Kamanoni xarid qilgan mablag‘ miqdoriga (5,5 million evro) rostovliklar o‘z vaqtida Pesyakov, Kozlov, Xadjikadunich, Chistyakov, Osipenko, Chernov, Bayramyan, Normann, Glebov, Ionov, Eremenko, Mamaev va Shomurodov kabi futbolchilarni olgan. Lekin o‘yin borasida “Rostov” raqibdan qolishmaydi. Aksincha, ustun jihatlari ham ko‘p.
“Rostov” uchun eng muhimi, Eremenko va Mamaevning avvalgi darajasiga ko‘tarila boshlaganidir. Agar ular o‘z sport formasini tiklab olgan bo‘lsa, Eldor Shomurodovni qulay paslar bilan ta’minlaydi va o‘zbekistonlik hujumchi albatta gol urishni boshlaydi. Butun “Rostov” kutayotgan bu holat bugun yuz berishi mumkin. Shunday bo‘lsa, “Lokomotiv” rosa qiynaladi, - deb yozmoqda Konstantin Alekseev.
“Rostov” va “Lokomotiv” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
Fikrlar