Rossiyalik muxlislar Eldor Shomurodovga ovoz berishdi (Foto)
Rossiya chempionati 7-turida Eldor Shomurodov faoliyat yuritayotgan "Rostov" o‘z maydonida "Rubin"ni qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa o‘yinda hisobni ochgandi.
Bellashuvdan so‘ng klub rasmiy sayti uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda Eldor qolgan jamoadoshlaridan eng ko‘p ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ovoz berish natijalari bilan tanishing:

Fikrlar
Яккол устунлик билан))) - деб ёзилса адолатдан буларди.