Ro‘ziqul Berdiev omadli bosh kiyim, Lima haqida fikri o‘zgargani va jamoasi bilan takrorlanib kelayotgan kamchilik haqida gapirdi

  • 30 oktabr, 2022, 21:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" o‘yini yakuniga etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Qarshi klubi safida gollarga Akmal Mozgovoy va Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Namanganliklarning goli Doniyor Abdumannopov nomiga qayd etildi: 

Bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida O‘zbekiston Kubogini ketma-ket ikkinchi yil yutayotgan "Nasaf" klubining bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdievning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

- Assalomu alaykum. Hammaga xayrli kech. Avvalambor, tashkilotchilarga minnatdorchiligimni bildirib o‘taman. "Nasaf" muxlislarini bugungi tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda ancha mazmunli hamda sifatli futbol namoyish etdik. Ikkinchi bo‘limda charchoq alomatlari tufayli o‘yin tizginini biroz qo‘ldan chiqarganimizni tan olaman.  


- Qo‘shimcha vaqtda yigitlar qiyin bo‘lsa ham o‘zlarida kuch topa oldi va raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdik. Yosh futbolchimiz Zafarmurod ikkinchi golda ajoyib harakat qilganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. 

- Ekstra taymlardagi o‘zgarishlar g‘alabaning asosiy omili bo‘ldi, deb o‘ylaysizmi? 

Birinchi bo‘limda nisbatan ancha sifatli o‘ynadik. Ikkinchi taymda hisobni saqlab qolishga urindik. Nazdimda, bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Bir necha bahsdan beri bu takrorlanib kelyapti. Ekstra taymlarda jismoniy tayyorgarlik birinchi planga chiqadi. Aytish kerakki, qilgan ikkita o‘zgarishimiz bizga qo‘l keldi. 

- Avvalgi finallarda ham oq rangli bosh kiyimda kelgandingiz. Bu ham g‘alabada qandaydir omil, deb hisoblaysizmi? 

- Yo‘q, bunga ahamiyat bermayman. Ilk kubokni qo‘lga kiritganimizda ham oq bosh kiyimda edim. Ko‘pchilik buni ta’kidlayapti. Balki, omadimiz kelayotgani rostdir. O‘ylaymanki, kiyimning bunda ahamiyati yo‘q. Shunchaki, bu men uchun qulay hisoblanadi. 

- Lima Kruz o‘zini oqlamayotgani haqida ko‘p gapirgansiz. Bugungi g‘alabadan so‘ng fikringiz o‘zgardimi?

- Albatta, bugungi g‘alabaga asosiy hissani shu yigit qo‘shdi. Bu transfer yuz foiz o‘zini oqladi. Esingizda bo‘lsa, men undan 20 ta gol urishni kutmaymiz, ammo muhim gollarga mualliflik qilishini kutamiz, degandim. Limaning jismoniy holatini yaxshilash va bizni futbolni tushunishiga vaqt kerak edi. Keyinchalik, uning jismoniy holatini ham to‘g‘riladik. Shuningdek, u biz undan nima talab qilayotganimizni ushunishni boshladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!