Ro‘ziqul Berdiev: "Qiynalmasligimiz uchun vaziyatlarni tezroq golga aylantirishimiz kerak"

  • 3 noyabr, 2022, 21:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” klubi o‘z uyida “Dinamo”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng, “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

"Bugungi o‘yin og‘ir bo‘lishini biz kutgandik. Chunki bunday o‘yinlarga jamoani tayyorlash oson ish emas. Raqib oxirgi o‘rinda. Biz esa O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgandik. Baribir o‘yin davomida ko‘p vaziyatlarni yarata oldik. Raqib ko‘proq himoyaga e’tibor qaratgandi. Asosiysi, uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Vazifamiz ham g‘alaba qozonib, uch ochkoni qo‘lga kiritish edi. Og‘ir uchrashuvda yutdik, yigitlarni tabriklayman. Muammolarimizning asosi penalti masalasi bo‘lib qolyapti. Bu safar ham futbolchilarni o‘ziga ishondim. Bugun Norchaev va Solovyov o‘sha vaziyatda maydonda bo‘lmaganligi uchun Lima o‘ziga ishonib oldi, xuddi Markoga o‘xshab. Ammo u ham gol urolmadi.

Albatta, barcha raqiblar bilan qiyin o‘yinlarni o‘tkazyapmiz. Raqiblar ham bizga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishyapti. Qiynalmasligimiz uchun vaziyatlarni tezroq golga aylantirishimiz kerak. Bu esa vazifamizni osonlashtiradi. Bugun ham juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Oxirgi zarbani beradigan, mas’uliyatni o‘ziga oladigan o‘yinchi topilmayapti.

Norchaev kecha mashg‘ulotda qatnashdi. Faqat ozgina jarohati borligi uchun bugun tavakkal qilib o‘tirmadik. Keyingi uchrashuvga tayyorlanadi. Dilshod Saitov Kubok finalida engil jarohat oldi. Bundan tashqari, yana ba’zi-bir o‘yinchilarimizga dam berishga qaror qildik. Chunki to‘liq, barcha bellashuvlarda 90 daqiqa o‘ynaydigan futbolchilarda charchoq alomatlari seziladi. Shu bois tarkibda rotatsiya qildik.

Marko Stanoevichning holatini hozir bilmadim, shifokorlar ko‘rib chiqishadi.

O‘yinlar juda yaqin. Keyingi turda “Neftchi”ga qarshi o‘ynaymiz. Bu jamoa ham osonlikcha taslim bo‘lmaydi. Shu sababli ayrim futbolchilarga dam berdik. Undan keyin “Olimpik” bilan o‘ynaymiz. Ularning 22 nafar futbolchisi tez yuguradi, chaqqon yugurishadi. Biz barchasiga tayyor bo‘lishimiz kerak", - deydi Ro‘ziqul Sa’dullaevich.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shoxrux Sharopov
04/11/2022 09:48
Malades