Fayzullaev zaxiradan maydonga tushgan bahsda TsSKA kambek amalga oshirdi

  • 20 may, 01:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RPLning 29-turida "Lokomotiv" o‘z uyida  TsSKAni qabul qildi. Bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi. 

Dastlab mezbonlar vakili Vorobev bahsning 10 va 25-daqiqasida gol urib, ikki to‘p farqini yuzaga keltirdi. Ammo mehmonlar futbolchisi Guarirapa ikkinchi taymning boshida  darvozani ishg‘ol qilib hisobni qisqartirdi.  Uchrashuv yakunlanishiga 10-daqiqa qolganda esa Kislyak raqib darvozabonini ojiz qoldirgan holda muvozanatni tikladi. 

Ushbu o‘yinda terma jamoamiz a’zosi Abbosbek Fayzullaev 20-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va faol harakat qilib jamoasining kambek amalga oshirishiga yordam berdi. "Armiyachilar"ayni paytda 60 ochko bilan turnir jadvalini 4-o‘rinida bormoqda.

  • Russia - Premier Liga
  • Joriy Mavsum

Lokomotiv Moskva

  • Dmitriy Vorobyev 10'
  • Dmitriy Vorobyev 25'
Tugadi
2 : 2

19.05.2025 22:30

CSKA Moskva

  • Saúl Guarirapa 47'
  • Matvey Kislyak 80'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!