
RPL. O‘runovning jamoasi chempion bilan o‘yinda ochko oldi
Bugun Rossiya Premer-ligasida 29-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Oston O‘runov faoliyat olib boradigan "Ufa" jamoasi o‘z maydonida "Zenit"ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Chempionlarga qarshi uchrashuvni hamyurtimiz zaxirada boshladi va 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa, ufaliklar hisobidagi ochkolar soni 22 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar