RPLning to‘rtta grand klubi O‘runov xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

"Ufa" safida to‘p surayotgan hamyurtimiz Oston O‘runov mavsumlar oralig‘ida RPL grandlari safini to‘ldirishi mumkin.

Sport24 nashri xabariga ko‘ra, 19 yoshli yarim himoyachi xizmatlariga "Lokomotiv" va "Zenit" klublari qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, futbol agenti Aleksandr Manyakov O‘runovga "Spartak"dan qiziqish borligi haqida aytib o‘tgan edi.

Shuningdek, futbolchimiz uchun "Krasnodar" klubi ham kurashga qo‘shilishi mumkin. 

Ta’kidlanishicha, O‘runov transferi bo‘yicha "Spartak"ning yangi bosh direktori Shamil Gazizovning shaxsan o‘zi shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
UFC UZBEKISTAN
15/07/2020 02:18
Тушунмадим????? Ўрунов тўпурар????
Краснодар академиясида кўп йиллар тўп сурган?????
Авторлар уйқусираётганга ўхшайсиз))))