Rudi Garsiya: "Krishtianuning jamoadoshlari bilan munosabati havas qilarli darajada"

"An-Nasr" bosh murabbiyi Rudi Garsiya kechagi Ronaldu poker qayd etgan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U asosan, Krishtianu borasida batafsil gapirdi. 

"Ronaldu jamoaga moslashib ketdi. Uning sheriklari bilan munosabati havas qilarli darajada. 

Hozir futbolchilar Krishtianuning nima istayotganini va qachon gol urishini to‘g‘ri tushunib olishdi. O‘ylaymanki, portugal uchun ajoyib kecha bo‘ldi. Sababi oddiy - u 4 ta gol urdi axir", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!