Runi: «Juda afsuski, Reşford "Manchester Yunayted"dan ketdi»

  • 10.06.2026 12:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» tarkibini tark etgan Markus Reşford masalasi Ueyn Runini ham befarq qoldirmadi. Klub afsonasi hisoblangan sobiq hujumchi yosh tarbiyalanuvchining ketishini afsus bilan qabul qilayotganini aytdi.

 

Runing taʼkidlashicha, Manchester akademiyasida o‘sgan Reşford «Yunayted» tarixida iz qoldirish, hatto oldingi avlod yulduzlarining yutuqlarini ham ortda qoldirish uchun yetarli sifat va salohiyatga ega edi.

 

Ueyn Runi oʻzining gollar boʻyicha rekordi haqida qaygʻurmasligini bildirdi. Unga koʻra, har qanday rekord bir kuni yangilanishi uchun qoʻyiladi. Shu maʼnoda, yangi rekordchi sifatida aynan Manchesterda tugʻilib-oʻsgan, klub tizimidan toʻliq oʻtgan futbolchini koʻrish alohida ramziy ahamiyatga ega boʻlar edi.

 

Shu bilan birga, Runi soʻnggi yillarda Reşfordning «Old Trafford»dagi faoliyati oson kechmaganini tan oldi. Baribir, u vingerning mahorat darajasi va isteʼdodi hech qachon shubha ostiga qoʻyilmaganini urgʻuladi.

 

«Reşfordning “Manchester Yunayted”ni tark etgani juda afsusli», – deya Runining soʻzlarini keltiradi VVS.

 

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida xabar berilishicha, Markus Reşfordga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!