Runi: "Kukurelya Yamalni qanday to‘xtatish mumkinligini eng yaxshi darajada ko‘rsatdi"

  • 26.11.2025 22:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyani "Barselona"ga qarshi o‘yinda namunaviy tarzda o‘ynagan futbolchi sifatida ta’kidladi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida "Chelsi" "Barselona"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

"Bu o‘yinda Kukurelya Lamin Yamalni qanday usulda to‘liq jilovlash mumkinligini eng a’lo darajada namoyish qildi.

Kukurelya haqiqatdan ham ajoyib o‘ynadi", — dedi Runi "Amazon Prime" efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!