
Ruslan Abdullaev uchinchi jangida ham g‘alabaga erishdi
Bugun Toshkent mezbonligida o‘tayotgan jahon chempionatida 3 nafar hamyurtimiz jang qiladi.
Dastlab Ruslan Abdullaev -63,5 kg vazn toifasida Mavrikiy vakili Richanro Kolin bilan ringga ko‘tariladi. Jang tahminan 14:15da boshlanadi.
Ruslan qizil formada, uning raqibi qizil libosda harakat qilmoqda.
Birinchi raundda hakamlar Ruslanning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Ikkinchi raundda hakamlar bir ovozdan Ruslanning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Uchinchi raundda hakamlar ham Ruslanning ustunligini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob ham 5:0.
Shu tariqa, Ruslan Abdullaev ushbu jahon chempionatidagi uchinchi jangida ham g‘alabaga erishdi.
Fikrlar