
Ruslan Chagaevning professional boksdagi debyut jangi va ilk raqibi haqida...
O‘zbekiston professional boks olamida Ruslan Chagaevning beqiyos o‘rni bor. U o‘z vaqtida super og‘ir vazn toifasida WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Professional yo‘nalishda ushbu yurtdoshimiz 38 ta jang o‘tkazib, ularning 34 tasida g‘alaba qozongan. Uch bora mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa, 1 bora durang qayd etgan.
Chagaev havaskor boksdagi bir qator muvaffaqiyatlaridan so‘ng, professional boksda o‘z faoliyatini boshlaydi. Uning ozmi-ko‘pmi muvaffaqiyatlarida hozirda inqirozga yuz tutgan bo‘lsa-da, Germaniyaning “Universum Box-Promotion” kompaniyasining xizmati katta bo‘lgan. Yurtdoshimiz ushbu promouterlik kompaniyasi bilan 2003 yil noyabr oyida shartnoma tuzadi. Unga qadar, ham 7 ta jang o‘tkazib ulgurgandi.
Xullas, bugun, “Debyut” ruknini mexmoni aynan “Oq Tayson”dir. Ruslan professional boksdagi ilk jangini 1997 yil 21 avgustda AQShlik Donni Peneltonga qarshi o‘tkazadi va birinchi raundning o‘zidayoq raqibini chuqur nokautga uchratishga erishadi. Qizig‘i, Donni faoliyatida 186 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan xolos. 167 ta mag‘lubiyat va 6 durang qayd etgan. Ruslan bilan faoliyatidagi 58-jangini o‘tkazib, 53 mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi.
Aynan mazkur jang Ruslan Chagaevning professional boksdagi ilk qadami edi. Keyinchalik uni qanday natijalar qayd etganidan esa, xabaringiz bor...
Fikrlar